$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
18° Kechasi 12°

Chery brendi Buxoro viloyatidagi avtomobil sohiblarini WCWL loyihasi doirasida birlashtirdi

16:27 / 06.05.2024

2024-yilning 27-aprel kuni Buxoro viloyatida Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi With Chery With Love (WCWL) tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lgan Chery Tiggo 8 Pro va Chery Tiggo 8 Pro Max avtomobillari sohiblari ishtirok etdilar.

Buxoro shahridan boshlanib “Bukhara Desert Oasis”gacha bir soat davom etadigan qariyb 50 km masofalik marshrut turli yo‘l qoplamalarini o‘z ichiga olgan edi. Marshrut davomida avtomobillar sohiblari ham ravon asfalt yo‘llarni, shag‘alli va qumli qismlarga ega bo‘lgan murakkab jabhalarni ham bosib o‘tdilar. Bu krossoverlarning turli xil yo‘lsizlik sharoitlarida o‘tuvchanligi, boshqariluvchanligi va umumiy chidamliligini sinab ko‘rish va mintaqada mavjud bo‘lgan murakkab yo‘llarda sayohat uchun ishonchliligiga amin bo‘lish imkonini berdi.

Faol dam olish shinavandalari uchun kvadrosikllarda, tuyalarda va otlarda qiziqarli sayohatlar tashkil etildi. Shuningdek, bu tadbirlar mehmonlarga o‘zini tadqiqotchi va kashshof sifatida his qilish, atrofdagi tabiatning go‘zalligidan bahramand bo‘lish va energiya olishlari imkonini yaratdi.

Milliy oshpazlik an’analariga alohida e’tibor qaratildi. Katta pazandalik musobaqa o‘tkazilib, unda mehmonlar milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar va taom tayyorlash sirlari bilan o‘rtoqlashdilar. Pazandalik musobaqasi ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan turli xil taomlar tatib ko‘rilgandan so‘ng, ularning barchasi shu qadar mazali chiqqanligi sababli, go‘libni aniqlash imkonsizligi, musobaqada esa do‘stlik g‘alaba qozongani ma’lum bo‘ldi.

Markaziy maydonda yorqin ko‘ngilochar dastur namoyish etildi. Professional boshlovchi va didjey otashin ritmlar orqali bayramona muhitni yaratdilar. Immersion teatr tomoshabinlarni milliy afsonalar va an’analarning maftunkor olamiga cho‘mdirib, ularga voqealarning bevosita ishtirokchisiga aylanish imkonini berdi.

Buxoro viloyatining an’anaviy musiqa asari – “Mavrigi”ni mahorat bilan ijro etgan raqs jamoasi va musiqachilarning chiqishi tomoshabinlarni milliy kolorit muhitiga singdirib, qadimiy an’analar quvvatini his etish imkonini berdi.

Kechqurun tashkilotchilar muloqot uchun qulay muhit yaratib, gulxan yoqdilar. Bu mehmonlarga dam olish, lahzadan zavqlanish va bayram haqida taassurotlarini almashish imkonini berdi.

ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir avtomobillar sohiblarini milliy madaniyat va zamonaviy ko‘ngilochar hodisalar bilan birlashtirib, barcha yig‘ilganlarda unutilmas taassurotlar va har bir mehmonning xotirasida yorqin iz qoldirdi.

Chery brendi tomonidan tashkil etilgan WCWL xalqaro loyihasi avtomobillar sohiblarini yagona g‘oya, maqsad va brend bilan birlashtirishga mo‘ljallangan. Loyiha formati mijozlar uchun tadbirlar shaklida amalga oshiriladi.

Aytish joizki, bunday tadbir tufayli turli hududlardagi avtomobillar sohiblari bir-birlari bilan tanishib, o‘z avtomobillari haqida ijobiy taassurotlar va fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

WCWL O‘zbekistondagi turli Chery rusumli avtomobillar sohiblari uchun muntazam ravishda o‘tkaziladi va Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etiladi.

Chery oilasiga qo‘shiling!

Chery Uzbekistanning rasmiy sahifalari:

Tezkor axborot liniyasi telefon raqami: +998 71 276 55 55

Website: https://cheryauto.uz

Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/

Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan

Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot

Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan

YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan


O‘zbekiston


														
														Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024

														
														20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024

														
														Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar berdi.
11:38 / 19.05.2024

														
														Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Joriy yilning 17-may kuni “O‘zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi faoliyatining 2024-yil 1-chorak yakunlari” mavzus…
11:06 / 19.05.2024

														
														Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Bu haqda, Statistika agentligi ma'lumot berdi.
10:15 / 19.05.2024

														
														Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024

														
														19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024

														
														Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024

														
														Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Aniqlanishicha, u mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘yib, fuqarolarning tinchligini buzgan.
14:58 / 18.05.2024

														
														O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
13:14 / 18.05.2024

Bu ham qiziq

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024
Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024
Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Qirg‘iziston poytaxtidagi bir qator tumanlarda chet elliklar, asosan osiyoliklar ommaviy yashaydigan joylarda mahalliy aholi…
11:08 / 18.05.2024
20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Dronlarning zarbalari mahalliy yoqilg‘i narxini oshirdi, ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishga minimal ta’sir ko‘rsatdi.
16:59 / 18.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!