$
12610.17 UZS
-9.84
135.24 UZS
-0.5
13526.93 UZS
4.59
26° Kechasi 12°

Prezident ichimlik suvi masalasida yig‘ilish o‘tkazdi

20:27 / 22.09.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga qaratilgan ko‘plab ijtimoiy, hududiy dasturlar bajarilmoqda. Xususan, so‘nggi olti yilda ichimlik suvi sohasiga davlat budjetidan 14 trillion 500 milliard so‘m yoki oldingi davrga nisbatan 6 baravar ko‘p mablag‘ ajratilgan. 31 ming kilometr ichimlik suvi va oqova tarmoqlari o‘tkazilgan, 1200 ta suv inshootida qurilish-ta’mirlash bo‘lgan. Bu ishlar natijasida mingta mahalladagi 6,5 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor toza ichimlik suvi kirib bordi.

Lekin, hali 30 ta tuman va 1 ming 400 ta mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash talab etiladi. Ular uchun toza suv manbasini topish zarur.

Ko‘p hollarda suv behuda yo‘qotilayapti, iste’molning aniq hisobi yo‘q. Ayrim nasoslar, soha korxonalariga tegishli maxsus texnikalar eskirgan.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda shu kabi muammolar muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatiga joriy yil yakunigacha 12 ming kilometr tarmoq hamda 1300 ta suv inshootini qurish va ta’mirlash vazifasi qo‘yildi. Buning hisobiga 145 ta mahalladagi 1 million 100 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvidan bahramand bo‘ladi, 2 mingta mahalladagi ta’minot yaxshilanadi.

Viloyat hokimlariga xalq deputatlari bilan birga kelgusi yil uchun dastur ishlab chiqib, hukumat qaroriga kiritish topshirildi. Bunda suv ta’minoti darajasi past 30 ta tumanga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Qo‘shrabot tumanida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, Buxoro va Jizzax shaharlarida oqova suv, Guliston, Yangiyer va Shirin shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish kabi loyihalarning bajarilishi ko‘rib chiqildi.

Buxorodagi ishlar xarajati maqbullashtirilgani bu borada namuna. Xususan, Buxoro shahrida tozalash va oqova suv tizimini rekonstruksiya qilish bo‘yicha 281 million dollarlik loyihaning 75 million dollari iqtisod qilingan. Bu mablag‘ evaziga yana 1150 kilometr suv va 117 kilometr oqova tarmoqlarini qurish mumkin.

Shu kabi loyihalarning xarajatlarini maqbullashtirish, iqtisod qilingan mablag‘larni o‘sha hududdagi suv ta’minoti va oqova tizimini yaxshilashga yo‘naltirish muhimligi aytildi.

Soha mutasaddilari va viloyat hokimlariga yana 24 ta istiqbolli loyihaning texnik-iqtisodiy jihatlari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Suv yetkazuvchi nasoslarni energiya tejamkoriga almashtirish, soha korxonalarini moliyaviy barqarorlashtirish choralari ham belgilandi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

Toshkentda o‘rtacha oylik ish haqi 8 million so‘mdan oshdi.
12:29 / 29.04.2024
Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 askar halok bo‘ldi

Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 askar halok bo‘ldi

Vertolyotning qulashi sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
12:36 / 30.04.2024
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan harakatlanadi.
16:36 / 30.04.2024
Prezident III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Prezident III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Investitsiya forumida 40 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
15:52 / 29.04.2024
G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

Yana bir OAV xodimi va uning o‘g‘li Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi.
17:37 / 30.04.2024
Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidga hujum qildi. Qurbonlar bor

Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidga hujum qildi. Qurbonlar bor

“Tolibon” ichki ishlar vazirligi matbuot kotibining xabar berishicha, bir guruh qurolli shaxs masjiddagi namozxonlarga hujum…
11:23 / 30.04.2024
O‘zbekistonda 3 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilingani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 3 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilingani ma’lum bo‘ldi

Bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5 %ga ko‘paygan.
09:49 / 29.04.2024
29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 29-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
18:00 / 28.04.2024
Andijonda yangi sement zavodi ishga tushirildi

Andijonda yangi sement zavodi ishga tushirildi

Zavod uchun jami 74 gektar yer maydoni ajratilgan.
14:50 / 29.04.2024
Ertaga poytaxtning ikki tumanida “svet” o‘chiriladi

Ertaga poytaxtning ikki tumanida “svet” o‘chiriladi

“O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘t…
20:57 / 30.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!