$
12648.12 UZS
-26.88
138.42 UZS
0.06
13622.03 UZS
5.28
30° Kechasi 17°

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

16:44 / 26.04.2024

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri Yakkasaroy tumani hokimligi yuriskonsulti Nodir Akbarov maktab basseynida vafot etgan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, hokimlik xodimlari uchun 18-aprel kuni ziyofat tadbiri oʻtkazilgan. Unda spirtli ichimliklar ham isteʼmol qilingan boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

“Tadbir yakunlangach, hokimning ikki oʻrinbosari hamda yuristi maishatni tumandagi 160-sonli bolalar va oʻsmirlar maktabiga tegishli basseynda davom ettirishgan. Basseynda choʻmilish chogʻida hokimlik yuriskonsultining sogʻligi yomonlashib, vafot etgan”, deyiladi xabarda.

Mazkur maʼlumotni Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ham tasdiqlagan.

Shamsutdinov 2024-yil 18-aprel kuni, soat 15:30 lar atrofida 1970-yilda tugʻilgan erkak, Yakkasaroy tumani hokimligi huquqshunosi tumanda joylashgan maktabdagi basseynda choʻmilganda ahvoli yomonlashib, vafot etganini maʼlum qilgan.

Xabarga koʻra, marhumning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenovaning qaroriga koʻra, 2024-yil 22-aprel kuni Nodir Akbarov bilan mehnat shartnomasi uning vafot etgani munosabati bilan bekor qilingan.


Bu ham qiziq

Farg‘onada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashdi

Farg‘onada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashdi

Ular mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid barcha muammolar to‘plamini muhokama qilgan.
12:48 / 07.05.2024
BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT mamlakatlarning matbuot erkinligi prinsipidan voz kechishiga qarshi, dedi tashkilot bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik …
10:56 / 06.05.2024
Toshkentda “One Run” xalqaro yugurish yarim marafoni bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “One Run” xalqaro yugurish yarim marafoni bo‘lib o‘tadi

Ishtirokchilar uchun 4 turdagi masofa mavjud: 21 km, 10 km, 5 km va 1 km.
12:33 / 06.05.2024
Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Bu esa aholining 16,7 foizi oflayn rejimda boʻlganini anglatadi.
16:16 / 06.05.2024
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 million so‘mdan mukofot beriladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 million so‘mdan mukofot beriladi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli farmoni e’lon qilindi.
10:14 / 07.05.2024
Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Boshqa yengilroq va og‘irroq turdagi neft narxi ham may oyiga nisbatan oshdi.
16:48 / 06.05.2024
Bugun, 6-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida “svet” o‘chiriladi

Bugun, 6-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida “svet” o‘chiriladi

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘ta…
10:21 / 06.05.2024
XAMAS sulh taklifini qabul qildi

XAMAS sulh taklifini qabul qildi

Falastinning XAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qildi, dedi uning rahbari Ismoil Xaniya.…
09:16 / 07.05.2024
Moskva markazida XVI-XIX asrlarga oid arxeologik topilmalar topildi

Moskva markazida XVI-XIX asrlarga oid arxeologik topilmalar topildi

Ularning 33 mingdan ortig‘i Rossiya muzey fondining davlat qismiga o‘tkazilgan.
10:19 / 07.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!