$
12708.86 UZS
21.16
140.54 UZS
0.51
13817.07 UZS
26.81
25° Kechasi 16°

Samarqanddagi yangilanayotgan aeroport hududida XVII asrga oid qabrtoshlar topildi

16:43 / 04.11.2021

Samarqandda yangilanayotgan aeroport hududiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan yangi hududdan qadimiy qabrtoshlari topildi. 

Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari olib borgan o‘rganishlarga ko‘ra, mazkur qabrtoshlar haqiqatda qadimiy bo‘lib, ular qurilish ishlari olib borilayotgan hududdagi dala hovlilar o‘rnida aniqlangan.

Qabrtoshlar Samarqand arxeologiya instituti va SamDU Tarix fakulteti xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida o‘lchami 154x50x34 santimetrli sandiq shaklidagi qabrtosh oq marmardan ishlangani va toshning usti va yon tomonlarida “Baqara” surasining 254, 256-oyatlari tushirilgani ma’lum bo‘ldi. Qabrtoshning ayrim qismlari yaxshi saqlamaganligi shaxsning dafn etilgan vaqti va to‘liq ism-sharifi haqida ma’lumot olish imkonini bermagan. Ammo shikast yetmagan qismidagi “Oqila bibi” degan yozuv o‘qib olingan. 

Ikkinchi qabrtosh ham sandiq shaklida bo‘lib, qora marmar toshdan ishlangan, unda hijriy 1049-yil (milodiy 1659-yil) sanasi bitilgan, o‘lchami 116x37x25 sm. Qabrtosh sohibining ismi yozilgan tomoniga shikast yetganligi sababli hozircha bu borada ma’lumot mavjud emas. 
Madaniy meros agentligining Xabardor.uz’ga ma’lum qilishicha, ayni vaqtda tadqiqot ishlari davom etmoqda. 

Qabrtoshlar Samarqand xalqaro aeroporti MChJ tomonidan Samarqand o‘lkashunoslik muzeyiga olib kelindi, tadqiqot ishlari davom etmoqda.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Pre…
12:06 / 20.05.2024
Raisiyning dafn marosimi  23-may kuni Meshxedda bo‘lib o‘tadi

Raisiyning dafn marosimi 23-may kuni Meshxedda bo‘lib o‘tadi

Vertolyot halokatida halok bo‘lgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning xayrlashuv marosimi va dafn marosimi 23-may kuni Meshx…
22:34 / 20.05.2024
Eronning Tabriz shahrida aviahalokat qurbonlari bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi

Eronning Tabriz shahrida aviahalokat qurbonlari bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi

Vidolashuv marosimi turli shaharlarda bir necha bosqichda bo‘lib o‘tadi.
17:24 / 21.05.2024
Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yildi

Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
12:38 / 21.05.2024
Qozog‘istonda fuqarolikka qabul qilishni rad etish uchun yangi asoslar joriy etildi

Qozog‘istonda fuqarolikka qabul qilishni rad etish uchun yangi asoslar joriy etildi

Boshlang‘ich daraja fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
09:55 / 21.05.2024
Rossiyalik olimlar uyqu paytida miya saratonini davolash usulini topdi

Rossiyalik olimlar uyqu paytida miya saratonini davolash usulini topdi

Bemorning chuqur uyqusi paytida miya shishi bilan kurashishga imkon beradigan yangi texnologiya SSU olimlari tomonidan ishla…
23:07 / 20.05.2024
Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Senatning tegishli qarori bilan 7 nafar sudya Oliy sud sudyasi etib saylandi.
12:48 / 20.05.2024
Indoneziyada vulqon otilishi sabab yettita qishloq aholisi evakuatsiya qilindi

Indoneziyada vulqon otilishi sabab yettita qishloq aholisi evakuatsiya qilindi

Ma’lum qilinishicha, kul ustunining balandligi hozir to‘rt kilometrni tashkil etadi.
18:07 / 21.05.2024
Dollarning rasmiy kursi pastladi

Dollarning rasmiy kursi pastladi

Markaziy bank 21-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
16:22 / 20.05.2024
Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Aniqlanishicha, hatto boshdan “halollik”ka dasturlangan tizim ham, o‘z maqsadiga erishish uchun, aldashi mumkin ekan.
11:52 / 20.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!