$
12648.12 UZS
-26.88
138.42 UZS
0.06
13622.03 UZS
5.28
26° Kechasi 15°

Kimga ishonish kerak? SSV Namanganda 71 nafar bolaning zaharlanishiga dori sabab bo‘lmaganini aytmoqda

11:29 / 23.09.2023

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida tashkil etilgan matbuot anjumanida Chust tumanidagi ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida kuzatilgan zaharlanish holatlari ovqat yoki dori sababidan kelib chiqmaganini ma’lum qildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namanganda tashkil etilgan ochiq muloqot chog‘ida jurnalist va blogerlar vazir o‘rinbosariga bolalarning zaharlanishi bilan bog‘liq holat bo‘yicha o‘zilarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishgan.

Bositxonova zaharlanish holatlari dori vositalari yoki ovqatdan kelib chiqmaganini alohida ta’kidlab, hozirda 20 ga yaqin analiz xulosalari olingani va chuqurlashtirilgan tahlillardan so‘ng vaziyatga aniqlik kiritishini bildirgan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli xabarlarga ishonavermaslik, bunday jarayonda faqatgina mutaxassislarning fikriga tayanib axborot tarqatilishi kerak. Ayni paytda salomatligidan shikoyat qilib kelayotgan yosh bolalarning 85 foizi sog‘lig‘i joyida, uylariga qaytishga birin-ketin ruxsat berilmoqda. Qolganlari kunning boshida ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning ham ahvoli yaxshilanib bormoqda”, – deydi Elmira Bositxonova.

Ammo vazir o‘rinbosari bolalarning barchasi bir kunda, bir xil shikoyat bilan shifoxonaga tushganiga aynan nima sabab bo‘lganini ochiqlamagan.


Bu ham qiziq

5-may – Nogironlarning huquqlarini himoya qilish kuni

5-may – Nogironlarning huquqlarini himoya qilish kuni

“Nogiron – jamiyatning teng huquqli a’zosi” deb nomlangan anjumanlar va xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.
14:49 / 05.05.2024
Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Boshqa yengilroq va og‘irroq turdagi neft narxi ham may oyiga nisbatan oshdi.
16:48 / 06.05.2024
Bugun, 6-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida “svet” o‘chiriladi

Bugun, 6-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida “svet” o‘chiriladi

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘ta…
10:21 / 06.05.2024
Japarov ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

Japarov ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

Bu haqda RIA Novosti Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib yozmoqda.
09:56 / 06.05.2024
Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Qissadan hissa chiqaring.
15:32 / 05.05.2024
Isroilning Rafahga uyushtirgan havo hujumlarida 16 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Rafahga uyushtirgan havo hujumlarida 16 kishi halok bo‘ldi

Qurbonlarning to‘rt nafari bolalar, jumladan, olti oylik chaqaloq ham bor.
17:04 / 06.05.2024
Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Bu esa aholining 16,7 foizi oflayn rejimda boʻlganini anglatadi.
16:16 / 06.05.2024
“Robocop” endi Toshkent ko‘chalarida patrullik qilmoqda

“Robocop” endi Toshkent ko‘chalarida patrullik qilmoqda

Toshkentda jamoat tartibini nazorat qiluvchi robot test rejimida ishlay boshladi.
16:18 / 06.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!