$
12648.12 UZS
-26.88
138.42 UZS
0.06
13622.03 UZS
5.28
30° Kechasi 17°

Mansabdorlar O‘zbekistonga katta zarar yetkazmoqda

15:37 / 05.04.2024

So‘nggi uch yilda O‘zbekistonda salkam 10 ming nafarga yaqin mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular orasida respublika, viloyat, tuman va shahar miqyosidagi xodimlar, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yurituvchilar ham bor. Zamon.uz Bosh prokuratura tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, O‘zbekistonda mansabdor shaxslar sodir etgan jinoyatlar va ular yetkazgan zarar miqdorini tahlil qildi.

Unga ko‘ra, mamlakatda amaldorlar tomonidan qo‘l urilayotgan jinoyatlar dinamikasi yildan-yilga o‘sib bormoqda. Davlatga yetkazilayotgan moddiy zarar miqdori ham shunga yarasha — milliard summalar trillionga yetgan. Masalan, o‘tgan yili 3 412 ta jinoyat ishi doirasida 3 575 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlar soni 2022-yilga nisbatan 14,7 foizga oshgan.

Eng ko‘p jinoyatlar shahar va tuman hokimliklari joylarida qayd etilgan. Ko‘pincha mansabdor shaxslar tomonidan mulkni o‘g‘irlash - 2 205 ta (2022-yilda - 2103 ta), mansab vakolatini suiiste’mol qilish - 397 ta (265 ta), firibgarlik - 272 ta (243 ta), pora berish - 195 ta (169 ta), soxtalashtirish bilan bog‘liq 36 ta (51 ta) jinoyatlar sodir etilgan. Ehtiyotsizlik - 25 ta (22 ta), mansab vakolatini suiiste’mol qilish - 30 ta (14 ta), shuningdek, boshqa huquqbuzarliklar - 415 ta (249 ta) holat.

Davlat xizmatchilarining xatti-harakatlari natijasida 1,5 trillion so‘m (2022-yilda – 1,1 trillion) miqdorida zarar yetkazilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 1,3 trillion so‘m (o‘tgan yili – 847 mlrd. so‘m) undirilishiga erishildi, bu umumiy zararning 84,7 foizini (2022-yilda – 83,6 foiz) tashkil etadi. Bunday jinoyatlar nafaqat byudjetga, balki butun jamiyatga jiddiy zarar yetkazadi.

Bu statistika faqat raqamlarda Bosh prokuratura tomonidan yilda 2-3-marta e’lon qilinadi. Lekin jinoyatlarning aynan kimlar tomonidan sodir etilayotgani va ularga qanday jazo qo‘llanayotgani mavhum. Jamoatchilik ularning faqat ayrimlaridan xabardor bo‘lyapti.


Bu ham qiziq

Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 06.05…
10:53 / 06.05.2024
Japarov ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

Japarov ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

Bu haqda RIA Novosti Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib yozmoqda.
09:56 / 06.05.2024
7-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

7-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-8-may kunlari Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
14:22 / 06.05.2024
BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT mamlakatlarning matbuot erkinligi prinsipidan voz kechishiga qarshi, dedi tashkilot bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik …
10:56 / 06.05.2024
O‘zbekistonda qancha odam Instagram ishlatadi?

O‘zbekistonda qancha odam Instagram ishlatadi?

Ma’lum qilinishicha, foydalanuvchilarning 37,0 foizini ayollar, 63,0 foizini esa erkaklar tashkil qiladi.
10:20 / 06.05.2024
O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

Shuningdek vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
17:46 / 06.05.2024
Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

U kelgusida kariyes tufayli tishlaridan ayrilgan bemorlarga yordam beradi.
15:43 / 05.05.2024
Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Uyning boshlang‘ich narxi 13,5 million dollarni tashkil qilgan.
08:56 / 06.05.2024
Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Qayd etilishicha, bu bir hafta ichida ikkinchi marotaba sodir bo‘lgan.
16:41 / 06.05.2024
Toshkentda “One Run” xalqaro yugurish yarim marafoni bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “One Run” xalqaro yugurish yarim marafoni bo‘lib o‘tadi

Ishtirokchilar uchun 4 turdagi masofa mavjud: 21 km, 10 km, 5 km va 1 km.
12:33 / 06.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!