$
12648.12 UZS
-26.88
138.42 UZS
0.06
13622.03 UZS
5.28
30° Kechasi 17°

Prezident ichimlik suvi masalasida yig‘ilish o‘tkazdi

20:27 / 22.09.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga qaratilgan ko‘plab ijtimoiy, hududiy dasturlar bajarilmoqda. Xususan, so‘nggi olti yilda ichimlik suvi sohasiga davlat budjetidan 14 trillion 500 milliard so‘m yoki oldingi davrga nisbatan 6 baravar ko‘p mablag‘ ajratilgan. 31 ming kilometr ichimlik suvi va oqova tarmoqlari o‘tkazilgan, 1200 ta suv inshootida qurilish-ta’mirlash bo‘lgan. Bu ishlar natijasida mingta mahalladagi 6,5 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor toza ichimlik suvi kirib bordi.

Lekin, hali 30 ta tuman va 1 ming 400 ta mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash talab etiladi. Ular uchun toza suv manbasini topish zarur.

Ko‘p hollarda suv behuda yo‘qotilayapti, iste’molning aniq hisobi yo‘q. Ayrim nasoslar, soha korxonalariga tegishli maxsus texnikalar eskirgan.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda shu kabi muammolar muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatiga joriy yil yakunigacha 12 ming kilometr tarmoq hamda 1300 ta suv inshootini qurish va ta’mirlash vazifasi qo‘yildi. Buning hisobiga 145 ta mahalladagi 1 million 100 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvidan bahramand bo‘ladi, 2 mingta mahalladagi ta’minot yaxshilanadi.

Viloyat hokimlariga xalq deputatlari bilan birga kelgusi yil uchun dastur ishlab chiqib, hukumat qaroriga kiritish topshirildi. Bunda suv ta’minoti darajasi past 30 ta tumanga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Qo‘shrabot tumanida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, Buxoro va Jizzax shaharlarida oqova suv, Guliston, Yangiyer va Shirin shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish kabi loyihalarning bajarilishi ko‘rib chiqildi.

Buxorodagi ishlar xarajati maqbullashtirilgani bu borada namuna. Xususan, Buxoro shahrida tozalash va oqova suv tizimini rekonstruksiya qilish bo‘yicha 281 million dollarlik loyihaning 75 million dollari iqtisod qilingan. Bu mablag‘ evaziga yana 1150 kilometr suv va 117 kilometr oqova tarmoqlarini qurish mumkin.

Shu kabi loyihalarning xarajatlarini maqbullashtirish, iqtisod qilingan mablag‘larni o‘sha hududdagi suv ta’minoti va oqova tizimini yaxshilashga yo‘naltirish muhimligi aytildi.

Soha mutasaddilari va viloyat hokimlariga yana 24 ta istiqbolli loyihaning texnik-iqtisodiy jihatlari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Suv yetkazuvchi nasoslarni energiya tejamkoriga almashtirish, soha korxonalarini moliyaviy barqarorlashtirish choralari ham belgilandi.


Bu ham qiziq

Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Qayd etilishicha, bu bir hafta ichida ikkinchi marotaba sodir bo‘lgan.
16:41 / 06.05.2024
Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Qissadan hissa chiqaring.
15:32 / 05.05.2024
Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 228 kishiga yetdi

Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 228 kishiga yetdi

Yomg‘irlar Sharqiy Afrikaning boshqa mamlakatlariga ham ta’sir qilgan.
15:03 / 06.05.2024
Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 06.05…
10:53 / 06.05.2024
Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Bu esa aholining 16,7 foizi oflayn rejimda boʻlganini anglatadi.
16:16 / 06.05.2024
Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Uyning boshlang‘ich narxi 13,5 million dollarni tashkil qilgan.
08:56 / 06.05.2024
Isroilning Rafahga uyushtirgan havo hujumlarida 16 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Rafahga uyushtirgan havo hujumlarida 16 kishi halok bo‘ldi

Qurbonlarning to‘rt nafari bolalar, jumladan, olti oylik chaqaloq ham bor.
17:04 / 06.05.2024
BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT mamlakatlarning matbuot erkinligi prinsipidan voz kechishiga qarshi, dedi tashkilot bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik …
10:56 / 06.05.2024
O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

Navbatdagi uchrashuv O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
14:23 / 05.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!