$
12675.00 UZS
4.95
138.36 UZS
0.36
13616.75 UZS
56
26° Kechasi 15°

Putinning panjara ortidagi dushmani. Aleksey Navalniy aslida kim edi?

10:55 / 23.02.2024

Rossiyadagi namoyishlarga sabab bo‘lgan, Putin siyosatiga qarshi chiqqan, qamoqda bo‘lishiga qaramasdan mamlakat hukumatiga yaxshigina “bosh og‘riq” bo‘lgan muxolifat yetakchisi, siyosatchi va yurist Aleksey Navalniyning siyosiy faoliyatiga kengroq nazar tashlaymiz.

Shu yilning 16-fevral kuni internet olamida Navalniyning o‘limi judayam keng tarqaldi va turlicha talqindagi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur jarayonda siyosiy qatlam vakillari ikkiga bo‘lindi. Birinchisi, Navalniyni Putin o‘ldirdi deyishdi, ikkinchisi esa Rossiya rasmiylari bergan ma’lumotlarga o‘zini ishontirdi, ya’ni u qamoqda sayrga chiqqan payt hushini yo‘qotib, yiqilib tushgan va shifokorlarning harakatlariga qaramasdan vafot etgan. Bundan tashqari, bu xabarga ko‘zi tushgan ayrim kuzatuvchilarda esa Navalniy kim?, degan savol paydo bo‘ldi.

Asli kelib chiqishi rus-ukrain bo‘lgan Aleksey Navalniy 1976-yil 4-iyun kuni Moskva viloyatining Odinsovo tumanida tug‘iladi. Otasi Anatoliy Navalniy Ukrainaning Kiyev viloyatida, Ivankiv tumanidagi Zalissiya qishlogʻida tugʻilgan. Aleksey Navalniy Moskvadan 100 km janubi-gʻarbda oʻsgan boʻlsa-da, yozgi taʼtilda Ukrainaga, buvisining uyiga borib turar edi.


Navalniy 1998-yili Rossiya Xalqlar Doʻstligi Universiteti huquqshunoslik boʻlimini bitiradi. Keyin u Rossiya Federatsiyasi Hokimiyati qoshidagi Moliya Universitetida oʻqiydi.

2000-yili Navalniy “Yabloko” siyosiy partiyasiga qoʻshiladi. 2004-yilda u “Moskvaliklarni himoyalash qoʻmitasiga” asos solib, moskvaliklarning huquqlarini himoya qilish, qurilish korrupsiyasiga qarshi kurashish bilan shugʻullanadi.

Navalniy Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetida huquqni o‘rganadi, so‘ngra Hukumat qoshidagi Moliya akademiyasida o‘qiydi. Undan tashqari, 2010-yilda “Yale World Fellows” dasturi doirasida AQShning Yela universitetida 6 oylik kursni o‘tab qaytadi. 

U mehnat faoliyatini Rossiyaning “Aeroflot” bankida boshlaydi. Ko‘p vaqt o‘tmay o‘z biznesiga asos soladi va “Allekt”, “Nesna” kabi bir qator firmalar ochadi. Navalniy 2001-yilda logistika bilan shug‘ullangan bo‘lsa, 2006-yilda “Exo Moskvi”ning bir dasturida boshlovchi bo‘lib ishlaydi. U bir muddat professional advokatlik faoliyati bilan ham shug‘ullangan. 2012-yilda “Aeroflot” bankining direktorlar kengashiga qo‘shiladi. Oradan ko‘p o‘tmay u yerni ham tark etadi.

U 2013-yilda Moskva merligi uchun o‘z nomzodini qo‘yadi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi. 2016-yilda esa Aleksey Rossiya prezidentlik saylovlarida qatnashish istagini bildiradi va shu tariqa katta siyosatga qadam tashlaydi.

2011-yilda Aleksey Navalniy Korrupsiyaga qarshi kurash fondiga asos soldi. Mazkur tashkilot surishtiruv, tergov va korrupsion holatlarni fosh etish bilan birgalikda davlat amaldorlarining noqonuniy boylik orttirishi to‘g‘risida filmlar ham ishlaydi. Bir qator filmlarni suratga olgan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi 2019-yilning oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Adliya vazirligi tomonidan chet el agentlari ro‘yxatiga kiritilgan. Ta’kidlash joiz mazkur fondda 40 dan ortiq xodimlar va 300 ga yaqin volontyorlar faoliyat yuritgan va hukumatga qarshi ishlagani uchun turli hujumlarga ham uchrab turgan.


2020-yil Navalniy zaharlanadi va Germaniyada 5 oy davolanadi. Bu jarayonda u o‘zini Putinning odamlari zaharlaganini aytadi va u haqidagi filmni ommaga taqdim etadi. Shundan so‘ng, 2021-yilninig 13-yanvar kuni vataniga qaytishini aytadi. Tarafdorlarining qarshiligiga qaramasdan u qaytib keladi va kutilganidek darhol hibsga olinadi. Bu jarayonga tayyor bo‘lib kelgan Navalniyning tayyorlagan materiallari birin ketin OAVga taqdim etila boshlanadi.


Qiziqarli jihati Navalniny o‘tirgan samolyot belgilangan “Vnukovo” aeroportiga emas, balki “Sheremetevo”ga qo‘ndi. Chunki “Vnukovo”da siyosatchini ko‘plab tarafdordari kutib turgan edi. Samolyot qo‘ngan “Sheremetevo” aeroportida esa, Alekseyni bir necha avtobusda yetib kelgan OMONchilar qarshi oldi va qo‘lga oladi. U 2021-yildan buyon qamoqda saqlanib kelinayotgan edi.

Ayrim manbalarning yozishicha, Navalniy o‘ta yirik miqdorda tovlamachilik jinoyatini sodir etishda gumonlangan. U o‘zi yaratgan qator notijorat tashkilotlari orqali 7 mln 812 ming dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan va yig‘ilgan mablag‘ning 4 mln 730 ming dollarini shaxsiy ehtiyojlari (ko‘chmas mulk, moddiy qiymatliklar sotib olgan va turli xarajatlar, jumladan, xorijda dam olish) uchun sarflagan.


Navalniyning o‘limidan keyin AQSh Rossiyaga sanksiyalar joriy etilishini aytdi va Yevropa ittifoqi ham shaffof tergov talab qilmoqda. Shundan so‘ng, ba’zi kishilarda “Navalniy Yevropaning odami ekan” degan fikrlar paydo bo‘la boshladi. Siyosatchining o‘limida ko‘pchilik Putinni ayblamoqda, shuningdek, Germaniyada bo‘lib turgan Vladimir Zelenskiy ham “Navalniyni Putin o‘ldirdi”, deya bayonot bergan.

Navalniyni kim moliyalashtirgan?

2017-yilda Aleksey Navalniyning o‘zi unga pul qayerdan kelishini ommaga ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy daromad xalqning o‘zidan keladi. Gap shundaki, u asos solgan korrupsiyaga qarshi kurashish fondi va o‘zining nomi bilan ochilgan saytlarda “donate” tugmachasi mavjud. Aynan o‘sha saytlar orqali Alekseyning faoliyatini qo‘llab-qo‘vvatlash istagida bo‘lganlar unga pul mablag‘larini jo‘natadi. 

U faoliyati davomida ko‘plab korrupsion holatlar yuzasidan bir qancha surishtiruvlar o‘tkazgan. Ular ichida eng ko‘zga tashlangani bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi surishtiruvlari bo‘lgan. Ulardan eng oxirgisi ham aynan Putinning Glenchekdagi saroyi haqida bo‘lgan edi. U Putindan tashqari bir qator davlat amaldorlari, shuningdek, sobiq RF prezidenti Dmitriy Medvedev va o‘zbekistonlik millioner Alisher Usmonov haqida ham surishtiruvlar uyushtirgan.


Birgina vaziyat dunyo OAVlarini shubhaga solmoqda. 2024-yil 16-fevral kuni Navalniy vafot etdi. Yuqorida ta’kidlanganidek, qamoqxona ma’muriyati uni sayrga chiqqan payt hushini yo‘qotgan va shifokorlarning harakatiga qaramasdan o‘ziga kelmagan deya ta’kidlamoqda. Uni o‘ldirishdimi yoki o‘ldimi hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Lekin uning advokati u bilan bir kun oldingi suhbatda uning ahvoli yaxshi ekanligini hatto 15-fevral kungi sud majlisida xushchaqchaq eklanligini aytgan. Navalniy sudya bilan yaxshi kayfiyatda suhbat qurgan va hatto hazillashib kulgan ham. Oradan bir kun o‘tib soat 14:17 da uning o‘limi qayd etilgan va 14:19 da ommaga ma’lumot berilgan. Bunday tezkorlik ham odamlarda shubha uyg‘otgan. O‘limidan keyin uning ekspertiza tahlillari ham xususiy kanallarda aylana boshlagan. Unda yozilishicha, Navalniyda tromb uzilishi kuzatilgan. U 47 yoshda edi.


Bu xabarni Putinga zudlik bilan yetkazishadi va prezident mazkur informatsiyani oddiy tarzda qabul qiladi. Shu tariqa Putinning panjara ortidagi ashaddiy tanqidchisi halok bo‘ladi va dushmanlari soni bittaga kamayadi.

Shuningdek, Navalniyning xotini Yuliya Navalnaya video murojaat orqali vatani uchun uning ishini davom ettirishini ta’kidlagan.


Ilyos Boltayev tayyorladi.



														
														Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Boshqa yengilroq va og‘irroq turdagi neft narxi ham may oyiga nisbatan oshdi.
16:48 / 06.05.2024

														
														Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Qayd etilishicha, bu bir hafta ichida ikkinchi marotaba sodir bo‘lgan.
16:41 / 06.05.2024

														
														Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 228 kishiga yetdi

Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 228 kishiga yetdi

Yomg‘irlar Sharqiy Afrikaning boshqa mamlakatlariga ham ta’sir qilgan.
15:03 / 06.05.2024

														
														BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT mamlakatlarning matbuot erkinligi prinsipidan voz kechishiga qarshi, dedi tashkilot bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik …
10:56 / 06.05.2024

														
														Japarov ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

Japarov ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

Bu haqda RIA Novosti Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib yozmoqda.
09:56 / 06.05.2024

														
														Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Uyning boshlang‘ich narxi 13,5 million dollarni tashkil qilgan.
08:56 / 06.05.2024

														
														“Bu Isroil va Falastin o‘rtasidagi urush emas, balki dunyo bo‘ylab zolimlar va mazlumlar o‘rtasidagi kurashdir” – Xakan Fidan

“Bu Isroil va Falastin o‘rtasidagi urush emas, balki dunyo bo‘ylab zolimlar va mazlumlar o‘rtasidagi kurashdir” – Xakan Fidan

Turkiya TIV rahbarining ta'kidlashicha, agar Islom olamining birdamligi va birligi yo‘qolsa, yagona g‘olib Isroil va uning t…
11:08 / 05.05.2024

														
														Ozarbayjon va Marokash o‘rtasida viza rejimi bekor qilindi

Ozarbayjon va Marokash o‘rtasida viza rejimi bekor qilindi

Bu haqda mamlakat TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
10:04 / 05.05.2024

														
														Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Pyotr Poroshenko 2014-yildan 2019-yilgacha Ukraina prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.
09:43 / 05.05.2024

Bu ham qiziq

Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Uyning boshlang‘ich narxi 13,5 million dollarni tashkil qilgan.
08:56 / 06.05.2024
7-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

7-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-8-may kunlari Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
14:22 / 06.05.2024
Isroilning Rafahga uyushtirgan havo hujumlarida 16 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Rafahga uyushtirgan havo hujumlarida 16 kishi halok bo‘ldi

Qurbonlarning to‘rt nafari bolalar, jumladan, olti oylik chaqaloq ham bor.
17:04 / 06.05.2024
O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

Navbatdagi uchrashuv O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
14:23 / 05.05.2024
Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Qissadan hissa chiqaring.
15:32 / 05.05.2024
Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Bu esa aholining 16,7 foizi oflayn rejimda boʻlganini anglatadi.
16:16 / 06.05.2024
O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

Shuningdek vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
17:46 / 06.05.2024
O‘zbekistonda qancha odam Instagram ishlatadi?

O‘zbekistonda qancha odam Instagram ishlatadi?

Ma’lum qilinishicha, foydalanuvchilarning 37,0 foizini ayollar, 63,0 foizini esa erkaklar tashkil qiladi.
10:20 / 06.05.2024
“Robocop” endi Toshkent ko‘chalarida patrullik qilmoqda

“Robocop” endi Toshkent ko‘chalarida patrullik qilmoqda

Toshkentda jamoat tartibini nazorat qiluvchi robot test rejimida ishlay boshladi.
16:18 / 06.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!