$
12675.00 UZS
4.95
138.36 UZS
0.36
13616.75 UZS
56
26° Kechasi 15°

Saddam Husayn nega dorga osilgan edi?

10:00 / 30.11.2023

Iroqning mashhur prezidentlaridan biri bo‘lgan Saddam Husayn asli qashshoq dehqon oilasida dunyoga kelgan bo‘lsada, keyinchalik mamlakatda yuksak maqomga erishadi. Xo‘sh, bugungi kunda ko‘plab manbalarda diktator deya ta’riflanadigan Saddam Husayn siyosatga kirguncha qanday yo‘llarni bosib o‘tdi? So‘ngra nega dorga osildi? Quyidagi maqolada shu haqida gaplashamiz.

Prezidentlikkacha bo‘lgan davr

Saddam Husayn 1937-yil 28-aprel kuni Iroqning Tikrik shahridan 13 km uzoqlikda joylashgan Al-Uja qishlog‘ida dunyoga keladi. Onasi kasalmand ayol edi. Otasi haqida deyarli ma’lumot yo‘q. Lekin ayrim manbalarda ta’kidlanishicha, otasi vafot etgan yoki oilasini tashlab ketgan degan taxminlar bor. Shundan so‘ng, Saddamning boshiga qiyin kunlar kela boshladi.


Uning onasi an’anaga ko‘ra, Saddamning amakisiga, ya’ni otasining ukasiga nikohlab beriladi. O‘gay ota esa Saddam kutgan mehrni bera olmaydi. Oradan biroz vaqt o‘tib, uning tog‘asi qamoqdan chiqadi maktabda direktor bo‘lib ishlay boshlaydi. Maktabda o‘qishni xohlagan Saddam tog‘asinikiga qochib ketadi va ilk ustozi va tog‘asi Xayrullah Tulfadan siyosiy bilimlarni ola boshlaydi. Jumladan, unga arab millatchiligi g‘oyalari singdirila boshlaydi. Aynan shu g‘oya uning siyosatga ilk qadam qo‘yishiga turtki bo‘ladi. U ko‘chalardagi namoyishlarda qatnasha boshlaydi va buning natijasida 1957-yilda “Bass” partiyasiga a’zo bo‘ladi. Mazkur partiya arablarning birligi haqidagi g‘oyani targ‘ib qilar edi. 1958-yilda Iroq qiroli Feysal II ni general Qosim taxtdan ag‘daradi va buni “Bass” partiyasi ham qo‘llaydi. Chunki general Qosim ham millatchi edi. Shundan so‘ng, tabiiyki davlatda ikki partiya vujudga keladi biri Iroq Kommunistik partiyasi, ikkinchisi esa “Baas” partiyasi edi. Mamlakatda ikki partiya orasida kurash avj ola boshlaydi. General Qosim “Bass” a’zolarini xavfli dev atab ularga qarshi ommaviy repressiyalar boshlaydi. Shu jarayonda Saddam ham hibsga olinadi va unga qarshi aniq dalillar topilmagach ozodlikka chiqariladi. Qo‘lga olinmagan “Bass”chilar general Qosimga qarshi suiqasd uyushtirib, uning mashinasini o‘qqa tutadi, lekin general tirik qoladi. Shundan so‘ng, Saddam tarafdorlariga qarshi keng ko‘lamli qidiruvlar e’lon qilinadi. Saddam esa Misrga qochishga majbur bo‘ladi.

Hokimiyat tepasiga ilk qadamlar

1963-yilda harbiy to‘ntarishlar yuzaga keladi va general Qosim o‘ldiriladi. Bu paytda “Bass” partiyasi Bog‘doddagi hokimiyatni egallab oladi. Bundan xabar topgan Saddam Husayn Iroqqa qaytishga qaror qiladi va tarafdorlariga qo‘shiladi. Hukumatni qo‘liga olgan harbiylar “Bass”chilarni hukumatdan chetlashtira boshlaydi bu paytda partiyaning ichida kichik bo‘linishlar yuzaga keladi va buni payqagan Saddam o‘zi partiya tuzishga qaror qiladi hamda 5 kishidan iborat tarkib yig‘iladi. 1968-yil ikki partiya vakillari kelishib to‘ntarish yuzaga keltiradi va hukumat “Bass” partiyasiga o‘tadi.


1969-yilning yanvar oyida Saddam Husayn Iroq Respublikasi vitse-prezidenti lavozimiga tayinlandi. Shundan so‘ng u hokimiyatda qator “tozalash” ishlarini boshladi. U inqilobiy tribunal tuzadi va buning natijasida 14 nafar xalq dushmanlari deb topilgan odamlarni omma oldida osib o‘ldiradi, ularning 9 nafari yahudiylar edi. XX asrning 70-yillarida Iroqda Saddam Husayn juda katta mashhurlikka erishadi.

U hokimiyat tepasiga allaqachon o‘rnashib olgan edi. Buni faqat qog‘ozga ko‘chirish kerak edi, xolos. 1979-yil 16-iyulda mamlakat prezidenti al-Bakr sog‘ligi yomonlashgani sababli iste’foga chiqadi va tez orada uy qamog‘iga tashlanadi. Tabiiyki, buni kutib turgan Saddam mamlakat prezidentiga aylanadi. Taxtga kelgan Saddam o‘ziga qarshi bo‘lgan bir qancha odamlarni yo‘q qilib, tozalash ishlarini amalga oshiradi.

Saddam siyosati

Tarixdan ma’lumki, Iroq neft eksport qilish bo‘yicha doim yetakchi bo‘lgan va o‘sha paytda ham, ya’ni Saddam hokimiyatga kelgandan keyin ham 80-yillarda Iroq katta neft partiyasini sotadi va bundan ulkan daromad ko‘radi. Saddam siyosati boshlanishida yomon bo‘lmagan, aholi undan rozi bo‘lgan va qayta-qayta prezidentlikka saylagan. Buning sababi shundaki, Saddam siyosatga kelgandan keyin mamlakat hayotida tubdan burilish qilgan. Neftdan ko‘rilgan daromaddan u maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar qurdiradi, yo‘llarni ta’mirlaydi va katta shaharlarda baland binolarning qurilishi boshlanadi.


Uning jahon talablariga javob beradigan oliy ta’lim muassasalari va kasalxonalar qurishidan bir maqsadi bor edi. Xalqning savodxonlik darajasini oshirish va bunga qisman erishadi ham. Mamlakatda savodxonlik darajasi 30 foizdan 70 foizga oshadi. 80-yillarning o‘rtalariga kelib, Iroqda aholining turmush darajasi Yaqin sharqdagi ko‘plab davlatlar bilan tenglashib oladi. Hatto, Osiyo va arab davlatlaridan odamlar ish izlab kela boshlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 80-yillarning ikkinchi yarmida Iroq 30-35 milliard dollarlik katta valyuta zaxirasiga ega bo‘ladi. Saddam qo‘l ostidagi 10 yilda Iroq eng rivojlangan davlatlar qatorida, jumladan, Misr bilan tenglashib oladi. 

Iroq-Eron urushi

1978-yilda Eronda Islom inqilobi boshlanadi. Bu jarayonda o‘sha davrda AQShning eng ishongan odamlaridan biri bo‘lgan Paxlaviy hokimiyatdan ag‘dariladi va Misrga qochib ketadi. 1979-yilda 15 yillik surgunda yurgan Oyatullah Humayni Eronga qaytadi. Bu jarayon Saddamga yoqmaydi, chunki Erondan surgun qilingan Oyatullah Iroqdagi shialar yashaydigan joyga ko‘chib, borib Saddam siyosatini aholiga yomonlaydi va xalqda norozilik kayfiyatini uyg‘otadi.


Buni sezgan Saddam uni tezda mamlakatdan chiqarib yuboradi. Ikkala mamlakat kelishmasligining yana bir sababi shunda ediki, Eronda yuz bergan Islom inqilobi arab davlatlariga ham yoyilish xavfi bor edi. 1980-yilning 22-sentyabr kuni Iroq Tehronga qarshi keng ko‘lamli urush boshladi. Saddamning Eronga urushini Quvayt va Saudiya Arabistoni ham qo‘llab quvvatladi. Qariyb 8 yil murosasiz davom etgan urushda Iroq ko‘plab talafotlar ko‘rdi. Jumladan, 342 milliard dollar yo‘qotib, mamlakatning tashqi qarzi 100 milliard dollardan oshgan edi.

Iroq-AQSh to‘qnashuvi

Eron bilan urushdan yaxshigina zarar ko‘rgan Iroq og‘ir ahvolga tushib borayotganini sezdi, uning ustiga dunyo bozorida neft narxi sezilarli darajada tushib ketdi. Saddam bu xatosini Quvayt nefti bilan to‘ldirmoqchi bo‘ldi va Quvaytga hujum boshladi. Quvaytning neft bo‘yicha doimiy hamkorlari bo‘lgan Buyuk Britaniya va AQShga bu jarayon yoqmadi. Tabiiyki, G‘arb ham Iroqqa qarshi tura boshladi. 1990-yilda Iroq Quvaytni bosib oldi. Buni hatto o‘z hamkorlari ham qoralab chiqdi. AQSh esa keskin noroziliklar bildirdi.


SSSR va Xitoy esa Iroqqa qurol sotishni cheklab qo‘ydi. Nochor qolayotgan Saddamga yana bir zarba sifatida G‘arb mamlakatlari Iroqqa qarshi katta sanksiyalar joriy qildi va bu Iroqni sindirib qo‘ydi.  1991-yil 17-yanvar kuni AQSh Iroqqa qarshi “Sahrodagi bo‘ron” operatsiyasini boshladi va tez orada Iroq harbiylariga zarba berdi. AQSh Saddamga Quvaytdan chiqib ketishini talab qildi. Iroqning chiqib ketish fonida AQSh koalitsiyasi Iroqning 15 foiz hududini ham bosib oldi. Shundan so‘ng, G‘arb OAVlari Saddamni insoniyat uchun xavfli diktator deya qoralay boshladi.

Saddamning qulashi

Dunyo bozorida neftga bo‘lgan talabning oshishi natijasida AQSh Yaqin sharqqa “ko‘z olaytira” boshladi. Tabiiyki, bu jarayonda zaif qolgan Iroq eng qulay variant bunga yana bir sabab G‘arbda e’tiborini va hurmatini yo‘qotgan Saddamning Iroqni boshqarayotgani edi. 2002-yilda Qo‘shma shtatlar ma’muriyati Iroqni ommaviy qirg‘in qurolini yaratish va ishlab chiqarishda aybladi. 2003-yilda AQSh Iroqqa hujum boshladi va Saddamga hokimiyat tepasidan ketish talabini qo‘ydi. Ayni shu paytda Saddamda Rossiyaga qochish imkoni ham bor edi. Ammo u bunday qilmadi. Hatto, AQSh ham unga 48 soat ichida oilasi bilan mamlakatni tark etishni aytgan edi. Saddam ketmadi! Shu yilning 20-mart kuni AQSh qo‘shinlari Bog‘dodni bombardimon qildi.


Saddamning ishongan kishilari esa qochdi. Mamlakatga demokratiya keladi deya quvongan xalq AQShni quchoq ochib qarshi oldi. 2003-yildan 2005-yilgacha Saddam ustidan sud bo‘ldi va o‘limga hukm qilindi. 2006-yil 30-dekabr kuni Saddam Husayn insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanib, dorga osildi. Qatlni kuzatgan guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Saddam qilgan ishlari uchun afsus bildirmagan.

Bir qo‘lida Qur’on ushlab olgan Saddam boshiga qora yopinchiq kiyishdan bosh tortgan.

Hukm tonggi soat 6:00 da ijro etilgan. Marosim Kozimiya tumanida joylashgan sobiq harbiy razvedka boshqarmasi binosida o‘tkazilgan.

Iroq davlat televideniyesi orqali namoyish etilgan videolavhada Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikining jazoni ijro etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekayotgani tasvirlangan. Bir necha soniya o‘tib, ekranda dorga osilish paytida Husaynning vazmin, bosiq qiyofasi paydo bo‘ladi.

U, odatdagidek qora kostyum va oq ko‘ylakda. Qo‘llari orqasiga bog‘langan. Olti nafar jallod Husaynning bo‘yniga ulkan sirtmoq tashlaydi. Lavha ana shu yerda uziladi.

Saddam Husayn 27 yil Iroqni boshqaradi va 69 yoshida dorga osiladi.

 

                                                                                                                                                            Ilyos Boltayev tayyorladi                                                                                                                                          



														
														Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 228 kishiga yetdi

Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 228 kishiga yetdi

Yomg‘irlar Sharqiy Afrikaning boshqa mamlakatlariga ham ta’sir qilgan.
15:03 / 06.05.2024

														
														BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT mamlakatlarning matbuot erkinligi prinsipidan voz kechishiga qarshi, dedi tashkilot bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik …
10:56 / 06.05.2024

														
														Japarov ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

Japarov ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

Bu haqda RIA Novosti Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib yozmoqda.
09:56 / 06.05.2024

														
														Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Uyning boshlang‘ich narxi 13,5 million dollarni tashkil qilgan.
08:56 / 06.05.2024

														
														“Bu Isroil va Falastin o‘rtasidagi urush emas, balki dunyo bo‘ylab zolimlar va mazlumlar o‘rtasidagi kurashdir” – Xakan Fidan

“Bu Isroil va Falastin o‘rtasidagi urush emas, balki dunyo bo‘ylab zolimlar va mazlumlar o‘rtasidagi kurashdir” – Xakan Fidan

Turkiya TIV rahbarining ta'kidlashicha, agar Islom olamining birdamligi va birligi yo‘qolsa, yagona g‘olib Isroil va uning t…
11:08 / 05.05.2024

														
														Ozarbayjon va Marokash o‘rtasida viza rejimi bekor qilindi

Ozarbayjon va Marokash o‘rtasida viza rejimi bekor qilindi

Bu haqda mamlakat TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
10:04 / 05.05.2024

														
														Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Pyotr Poroshenko 2014-yildan 2019-yilgacha Ukraina prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.
09:43 / 05.05.2024

														
														Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Qayd etilishicha, u portlash sababini aytmagan.
22:38 / 04.05.2024

														
														Jazoir G‘azodagi ommaviy qabrlar yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini talab qilmoqda

Jazoir G‘azodagi ommaviy qabrlar yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini talab qilmoqda

Jasadlar Isroil harbiylari tomonidan kasalxona hududiga ko‘milgan.
17:43 / 04.05.2024

Bu ham qiziq

Eronda osmondan “baliq yog‘di”

Eronda osmondan “baliq yog‘di”

Bu mamlakatda kuzatilgan ilk holat emas.
11:34 / 05.05.2024
Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Qissadan hissa chiqaring.
15:32 / 05.05.2024
Ozarbayjon va Marokash o‘rtasida viza rejimi bekor qilindi

Ozarbayjon va Marokash o‘rtasida viza rejimi bekor qilindi

Bu haqda mamlakat TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
10:04 / 05.05.2024
BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT mamlakatlarning matbuot erkinligi prinsipidan voz kechishiga qarshi, dedi tashkilot bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik …
10:56 / 06.05.2024
Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Ma’lumki, birinchi qon guruhi universal bo‘lib, boshqa istalgan qon guruhidagi odamga uni quyish mumkin.
14:33 / 05.05.2024
Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 228 kishiga yetdi

Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 228 kishiga yetdi

Yomg‘irlar Sharqiy Afrikaning boshqa mamlakatlariga ham ta’sir qilgan.
15:03 / 06.05.2024
O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

Navbatdagi uchrashuv O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
14:23 / 05.05.2024
O‘zbekistonda 3 oyda  qancha qurilish ishlari bajarilgan?

O‘zbekistonda 3 oyda qancha qurilish ishlari bajarilgan?

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,8 foizga oshgan.
15:08 / 06.05.2024
O‘zbekiston va Italiya “The Samarkand express” sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Italiya “The Samarkand express” sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm q…
10:24 / 06.05.2024
Aktyor Dueyn Jonson mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. U tufayli “Qizil” filmi 50 million dollar zarar ko‘rgan

Aktyor Dueyn Jonson mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. U tufayli “Qizil” filmi 50 million dollar zarar ko‘rgan

Natijada “Qizil” filmi xarajatlari 200 million dollardan 250 million dollarga oshib ketdi.
16:50 / 05.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!