$
12610.17 UZS
-9.84
135.24 UZS
-0.5
13526.93 UZS
4.59
26° Kechasi 12°

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

12:13 / 18.04.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbe shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib olgan.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan va ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilgan. O‘zbekiston Prezidentini kutib olishda Tojikiston yoshlari va ijodiy jamoalari vakillari ham qatnashgan.

So‘ng Prezidentimiz “Do‘stiy” maydoniga tashrif buyurib, Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qo‘ygan.

Ta’kidlash joizki, oliy darajadagi muzokaralarda yetakchilar O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar, xalqaro va mintaqaviy darajadagi hamkorlik yuzasidan fikr almashadilar.

Tashrif dasturida ikki mamlakat san’at ustalarining konsertini birgalikda tomosha qilish hamda “Made in Uzbekistan” mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.

Shuningdek, davlat tashrifi doirasida bir qator tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar forumi, O‘zbekiston kinosi kunlari, ziyolilar, olimlar va tarixchilar konferensiyasi, milliy taomlar va turizm salohiyati festivali bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq Toshkent shahrida Rektorlar forumi va Dushanbe shahrida biznes forumi o‘tkazilgan edi.


Bu ham qiziq

AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

Amerika rasmiysining qayd etishicha, bunday darajaga erishish deyarli imkonsiz.
10:31 / 01.05.2024
Fransiyada mahbuslar soni rekord darajada oshdi

Fransiyada mahbuslar soni rekord darajada oshdi

Bu haqda “Report.az” xabar berdi.
11:10 / 01.05.2024
Indoneziyada Ruang vulqoni otildi

Indoneziyada Ruang vulqoni otildi

Qayd etilishicha, u tutun va kul ustunini 19 kilometr balandlikka uloqtirgan.
14:02 / 30.04.2024
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan harakatlanadi.
16:36 / 30.04.2024
Bugun, 30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 30-aprel kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻing…
08:24 / 30.04.2024
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Fuqarolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etilmoqda.
15:23 / 01.05.2024
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarning sud ishiga shubha bildirilmoqda

Botir Qodirov va Jo‘rayevlarning sud ishiga shubha bildirilmoqda

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati bu haqida bayonot berdi.
16:29 / 29.04.2024
Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Yuzlab talabalar shaharning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘ylab yurish qilgan.
14:34 / 01.05.2024
Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keladi

Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keladi

Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
10:26 / 01.05.2024
Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri hibsga olindi

Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri hibsga olindi

Turgumbayev 2022-yil yanvar oyidagi fojiali voqealarda mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.
10:11 / 30.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!