$
12610.17 UZS
-9.84
135.24 UZS
-0.5
13526.93 UZS
4.59
26° Kechasi 12°

Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

11:32 / 18.04.2024

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, “O‘zenergoinspeksiya” hamda “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan va noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Xususan, Sirdaryo tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat binosida xorijdan keltirilgan jami 107 dona “INNOSILICON T3”, “Whatsminer M21S” va “ANTMINER S9 BITMAIN” qurilmalaridan foydalanib, kriptovalyuta ishlab chiqarish bilan shug‘ullanilgan.

Aniqlanishicha, ushbu maqsadda 2022-yilning aprel oyidan 2024-yilning mart oyiga qadar MCHJga qarashli elektr hisoblagichning ikkilamchi zanjirini vaqti-vaqti bilan uzib, haqiqatda oqib o‘tayotgan quvvatni yashirish orqali hisoblagich ko‘rsatkichini sun’iy kamaytirish yo‘li bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga 34 mlrd 367 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Unda keltirilishicha, agarda MCHJ rahbarlari tomonidan talon-toroj qilingan 39,3 mln kVt elektr energiyasidan oqilona foydalanilganida, viloyatning Boyovut, Sardoba, Oqoltin va Guliston tumanlari aholisining bir oylik ehtiyojini qoplash mumkin edi.

Hozirda MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

Filmning premyerasi 8-may kuni bo‘lib o‘tadi.
11:10 / 01.05.2024
Keksalar uchun piyoda yurish foydali

Keksalar uchun piyoda yurish foydali

Bunga, asosan kamharakatlik sabab bo‘lyapti.
10:20 / 01.05.2024
Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li universitetga kurator bo‘ldi

Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li universitetga kurator bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu bo‘yicha ta’lim muassasasining o‘zi iltimos bilan chiqqan.
14:42 / 29.04.2024
Indoneziyada Ruang vulqoni otildi

Indoneziyada Ruang vulqoni otildi

Qayd etilishicha, u tutun va kul ustunini 19 kilometr balandlikka uloqtirgan.
14:02 / 30.04.2024
Andijonda yangi sement zavodi ishga tushirildi

Andijonda yangi sement zavodi ishga tushirildi

Zavod uchun jami 74 gektar yer maydoni ajratilgan.
14:50 / 29.04.2024
Yurak uchun 8 qoida

Yurak uchun 8 qoida

Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun har yili profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tib turish lozim!
11:24 / 29.04.2024
Noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiq Atlantika okeanida cho‘kib ketdi

Noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiq Atlantika okeanida cho‘kib ketdi

Ular 110 kilometr uzoqlikda cho‘kib ketgan.
12:32 / 30.04.2024
Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
11:41 / 01.05.2024
AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

Amerika rasmiysining qayd etishicha, bunday darajaga erishish deyarli imkonsiz.
10:31 / 01.05.2024
Ertaga poytaxtning ikki tumanida “svet” o‘chiriladi

Ertaga poytaxtning ikki tumanida “svet” o‘chiriladi

“O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘t…
20:57 / 30.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!