$
12687.70 UZS
-7.17
140.03 UZS
0.55
13790.26 UZS
23.94
25° Kechasi 16°

Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi

11:32 / 03.04.2024

Ma’lum qilinishicha, 26-apreldan 12-mayga qadar Toshkentda sakkizinchi xalqaro jazz festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.

Festival YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi shafeligida butun dunyoda nishonlanadigan 30-aprel – Xalqaro jaz kuniga mo‘ljallanib o‘tkaziladi.

“YUNESKO tinchlik, muloqot va o‘zaro hamjihatlikni rag‘batlantirish vositasi sifatida jaz kuchiga ishonadi, shu bois 2011-yilning noyabr oyida YUNESKO Bosh konferensiyasi jaz va uning sayyoramizning barcha burchaklaridagi kishilarni birlashtirishdagi diplomatik roliga urg‘u berish maqsadida 30-aprelni Xalqaro jaz kuni deb e’lon qilgan”, – deyiladi jamg‘arma xabarida.

2024-yilda O‘zbekistonda xalqaro jaz festivali sakkizinchi bor o‘tkaziladi. Festivalning barcha konsertlari “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi ortidagi ochiq osmon ostida o‘tkaziladi. Unga kirish bepul.

Festival dasturida Fransiya, Germaniya, Indoneziya, Isroil, Polsha, Ruminiya, Ukraina va Shveysariyadan tashrif buyuradigan jaz ijrochilari va guruhlari ishtirok etadi. Jamg‘arma taklifiga binoan festivalda Gregori Porter (AQSh), Kenni Garrett (AQSh), Igor Butman (Rossiya) va boshqa musiqachilar qatnashadi.

27-aprel kuni festivalda O‘zbekistondan, o‘tgan yilda bo‘lgani kabi, Jazzirama guruhi ishtirok etadi. 30-aprelda esa mahalliy jazning turli avlod vakillari va harakatlarini tamsil etuvchi ijrochilar ishtirokidagi konsert marafoni bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, festival dasturidan madaniy muloqot va erkin ijodiy suhbatlar uchun maydonni yaratish maqsadida O‘zbekiston musiqachilari va xorijiy mamlakatlar vakillarini birlashtiruvchi mahorat darslari o‘rin olgan.


Madaniyat


														
														Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi

Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi

26-apreldan 12-mayga qadar Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Germaniya, Isroil, Indoneziya, Polsha, …
11:32 / 03.04.2024

														
														San’atkorlar “uyli bo‘lish”iga Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi

San’atkorlar “uyli bo‘lish”iga Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi

Vazirlik bu imtiyoz barcha manadiyat xodimlariga, shu jumladan, sohadagi professor va o‘qituvchilarga ham tegishli ekanini, …
10:11 / 10.11.2023

														
														Gollivud yulduzlari Baydenni Isroil-Xamas urushida o‘t ochishni to‘xtatishga undamoqda

Gollivud yulduzlari Baydenni Isroil-Xamas urushida o‘t ochishni to‘xtatishga undamoqda

O‘nlab kino olami arboblari Baydenni G'azoni bombardimon qilishni to‘xtatish va XAMAS qo‘l ostidagi barcha asirlarni ozod qi…
14:45 / 21.10.2023

														
														Samarqand 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi

Samarqand 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi

Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi.
11:28 / 27.09.2023

														
														Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga kelin o‘g‘irlash moddasi kiritiladi

Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga kelin o‘g‘irlash moddasi kiritiladi

Qozog‘istonda Jinoyat kodeksiga “Odamni turmush qurish maqsadida o‘g‘irlash” moddasini kiritish taklif qilinmoqda.
11:25 / 04.08.2023

														
														Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi

Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi

Madaniyat kunlari doirasida konsert, teatrlashtirilgan tomoshalar, kitob ko‘rgazmasi va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejala…
13:11 / 31.07.2023

														
														Rossiyalik modelyer Valentin Yudashkin vafot etdi

Rossiyalik modelyer Valentin Yudashkin vafot etdi

Ijodkorga 2016-yilda saraton tashxisi qoʻyilgan edi.
10:06 / 03.05.2023

														
														Yelizaveta II ning dafn marosimini translyatsiya qilgan rejissyorlar jamoasiga BAFTA mukofoti topshirildi

Yelizaveta II ning dafn marosimini translyatsiya qilgan rejissyorlar jamoasiga BAFTA mukofoti topshirildi

Ijodkorlar jamoasi nufuzli mukofotga bir emas, ikkita yo‘nalish bo‘yicha munosib deb topilgan.
16:05 / 25.04.2023

														
														“Oskar” mukofotining taqdirlash marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

“Oskar” mukofotining taqdirlash marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Shuningdek, mukofotga da’vogarlarning to‘liq ro‘yxati qachon e’lon qilinishiga ham aniqlik kiritildi.
15:13 / 25.04.2023

														
														Neyrotarmoq yordamida yaratilgan “surat” xalqaro fototanlovda g‘olib bo‘ldi

Neyrotarmoq yordamida yaratilgan “surat” xalqaro fototanlovda g‘olib bo‘ldi

Uni tanlovga yuborgan suratkash “asar”ning sun’iy intellekt tomonidan yaratilganini tashkilotchilarga ma’lum qilmagan va shu…
09:31 / 20.04.2023

Bu ham qiziq

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
10:55 / 21.05.2024
Bugun, 21-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 21-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 21-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
22:50 / 20.05.2024
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron xalqiga hamdardlik bildirdi

Eronda yuz bergan aviahalokat va unda qurbon bo‘lgan mamlakat rasmiylarining o‘limi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashq…
16:49 / 20.05.2024
Isroil Eron prezidenti Raisiyning o‘limiga aloqador emas - Isroil rasmiysi

Isroil Eron prezidenti Raisiyning o‘limiga aloqador emas - Isroil rasmiysi

“Bu biz emas edik”, - deya agentlik noma’lum qolishni istagan mansabdor shaxsning so‘zlarini keltirgan.
14:14 / 20.05.2024
“Zelenskiyning vakolat muddati tugashi mojaroga ta’sir qilmaydi” – Peskov

“Zelenskiyning vakolat muddati tugashi mojaroga ta’sir qilmaydi” – Peskov

“Bu haqda Rossiya federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 20-may, dushanba kuni jurnalistlarga ma’lum qil…
17:44 / 20.05.2024
O‘zbekistonda sotilgan “chiroyli” avtoraqamlar

O‘zbekistonda sotilgan “chiroyli” avtoraqamlar

Boshlang‘ich narx bilan taqqoslaganda, avtomobil raqamining narxi ikki-uch barobarga oshgan.
11:21 / 20.05.2024
So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

Astma bilan og‘rigan odamlar va ularning oila a’zolariga bu kasallik haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etish muhim.
17:03 / 19.05.2024
Rossiyalik olimlar uyqu paytida miya saratonini davolash usulini topdi

Rossiyalik olimlar uyqu paytida miya saratonini davolash usulini topdi

Bemorning chuqur uyqusi paytida miya shishi bilan kurashishga imkon beradigan yangi texnologiya SSU olimlari tomonidan ishla…
23:07 / 20.05.2024
Jennifer Lopes eri bilan ajrashish arafasidami?

Jennifer Lopes eri bilan ajrashish arafasidami?

Er-xotin uzoq vaqt davomida birga ko‘rinmagan
11:11 / 20.05.2024
G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

Yaralanganlar soni esa 79 476 tani tashkil etmoqda.
12:58 / 20.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!