$
12687.70 UZS
-7.17
140.03 UZS
0.55
13790.26 UZS
23.94
25° Kechasi 16°

Yulduz Usmonova qayg‘uli o‘tmishi, Turkiyadagi hayoti va O‘zbekistondagi to‘ylarga 15 ming yevroga kelgan paytlari haqida gapirdi

11:29 / 07.02.2024

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova huquqshunos va aktyor Otabek Mahkamovga bergan intervyusida Turkiyadagi hayoti, qiyinchilik damlarini, xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyati hamda chet davlatlarda yashagan davrlari haqida so‘zlab berdi.

“Gollandiyada yashagan vaqtimda ingliz tilini o‘rganganman. Chunki o‘shanda umuman til bilmasdim. Juda ko‘p hujjatlarga tushunmay imzo qo‘yganman. Keyin bilsam, u qo‘shiqlarimning mualliflik huquqi haqida ekan. Juda ko‘p qo‘shiqlarim Gollandiyadan Turkiyaga sotildi shuning orqasidan. Men hujjatga tushunmay qo‘l qo‘yganim uchun haqqimni talab qila olmadim. O‘zbekistonda vaziyat og‘ir bo‘lgani uchun bu yerga ham qayta olmasdim. Shu vaziyat sabab bo‘lib ingliz tilini o‘rganganman”, — deydi Yulduz Usmonova.

Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti yoshlar nechta tilni bilishi kerakligi haqida ham gapirdi.

“Tilni yaxshi bilmaganim uchun o‘zimning zararimga ishlaydigan hujjat imzolab qo‘yganman. O‘zbekistonda o‘zbek tilida gaplashishimiz kerak, lekin bu biz boshqa tillarni o‘rganmasligimiz kerak, degani emas. Men o‘shanda Gollandiyada ozgina yashab, O‘zbekistonga kelganimdan keyin menga davlat tomonidan yashashga ruxsatnoma berishgan. Menejerim u hujjatni menga keyin ko‘rsatgan. Keyin men shuncha konsertlarni tashlab kelganim uchun 100 ming yevrodan ko‘proq jarima to‘laganman. Nima demoqchiman, til bilish shart. Rus tili, ingliz tili, turk tilini bilish shart. O‘zbek tili ona tilimiz. Hozir hamma yoshlar shu to‘rtta tilni bilishlari shart. Nevaralarim bilan har zamonda inglizcha gaplashib qolaman. Ular bir nechta tilni yaxshi bilishadi”, — deydi san’atkor.

Yulduz Usmonova musofirlik damlari haqida gapirib, Turkiyada qiyin kunlarni boshdan kechirganini aytib o‘tdi.

- Turk millatini yaxshi tushunish uchun tilini o‘rgandim. Ularning fikrlashini, mantig‘ini o‘rganganman. Er-xotin o‘sha yerda musofirchilikni ko‘rdik, qiyinchilik ko‘rdik. O‘zimni to‘yga urib yubormadim. Ishladim, bir-ikki so‘m topsak, albomga, ijodimga tikdim. O‘shanda O‘zbekistonga to‘ylarga kelishimni 15 ming yevro qilib qo‘yganman. Rizqimni Alloh yetkazdi. O‘zimizning to‘ylarga chet ellik xonandalardek kelib-ketardim. Turkiyada sekin-asta ijod qilib, konsert qilish payida yurdim. Turklar chipta sotib olib, xonandaning konsertiga kirmaydi. Bunaqa madaniyat o‘lib ketgan ularda. Turkiyada konsertlarni hokimiyat uyushtirib, xonandaning gonorarini prodyuserga berishadi. Men prodyuserning qo‘g‘irchog‘i bo‘lib qolishni istamadim, bu narsa menga yoqmadi.


Shou-biznes


														
														20 yildan keyin Setora guruhi yana birga

20 yildan keyin Setora guruhi yana birga

Setora guruhi 1998-yili dastlab Setanho nomi ostida sinfdoshlar tomonidan tashkil etilgan. Guruhning “Sen borsan”, “Ohim”, “…
13:00 / 09.04.2024

														
														Gollivud aktyori Nikolas Keyj “Oskar”ga o‘zidan 31 yosh kichik sevgilisi bilan keldi

Gollivud aktyori Nikolas Keyj “Oskar”ga o‘zidan 31 yosh kichik sevgilisi bilan keldi

Juftlikning birga tushgan surati “Daily Mail” nashrida chop etildi.
13:04 / 12.03.2024

														
														Yulduz Usmonova qayg‘uli o‘tmishi, Turkiyadagi hayoti va O‘zbekistondagi to‘ylarga 15 ming yevroga kelgan paytlari haqida gapirdi

Yulduz Usmonova qayg‘uli o‘tmishi, Turkiyadagi hayoti va O‘zbekistondagi to‘ylarga 15 ming yevroga kelgan paytlari haqida gapirdi

Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti yoshlar nechta tilni bilishi kerakligi haqida ham gapirdi.
11:29 / 07.02.2024

														
														Billi Aylish “Yil qo‘shig‘i” nominatsiyasida “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi

Billi Aylish “Yil qo‘shig‘i” nominatsiyasida “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi

Tadbir NBS News tomonidan onlayn translyatsiya qilindi.
10:26 / 05.02.2024

														
														Timur Alixanov sevgilisi bilan orani ochiq qilganini maʼlum qildi

Timur Alixanov sevgilisi bilan orani ochiq qilganini maʼlum qildi

Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida maʼlum qildi.
09:14 / 05.02.2024

														
														Morgenshtern nega BAAga kiritilmadi?

Morgenshtern nega BAAga kiritilmadi?

Alisher bir necha marta jarimaga tortilgan, lekin u buni ommaga oshkor qilmagan.
14:42 / 27.01.2024

														
														Eng qimmat gonorar oladigan “kelin salomchi” aktrisa kim?

Eng qimmat gonorar oladigan “kelin salomchi” aktrisa kim?

Bu ishlarni hozirda taniqli san’atkorlar, teatr aktrisalari maromiga yetkazib amalga oshirishmoqda.
17:32 / 24.01.2024

														
														Sitora Farmonovaga o‘ldirish bilan tahdid qilishmoqda

Sitora Farmonovaga o‘ldirish bilan tahdid qilishmoqda

Sitora Farmonova ham unga munosib javob qaytargan.
14:24 / 24.01.2024

														
														Xonanda Shahzoda: “Hayvonlar ba’zi odamlardan iliqroq”

Xonanda Shahzoda: “Hayvonlar ba’zi odamlardan iliqroq”

San’atkor sayohatdagi kadrlarni ijtimoiy tarmoqlarida bo‘lishdi.
18:04 / 22.01.2024

Bu ham qiziq

Eron Prezidenti bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi

Eron Prezidenti bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
18:57 / 21.05.2024
Tirnoqlar sinuvchanligi nimadan dalolat beradi?

Tirnoqlar sinuvchanligi nimadan dalolat beradi?

Organizmda kalsiy yetishmasligini qanday aniqlash mumkin.
11:55 / 20.05.2024
“Blue Origin” sayyohlarni kosmosga jo‘natishni davom ettirmoqda

“Blue Origin” sayyohlarni kosmosga jo‘natishni davom ettirmoqda

Xabar qilinishicha, Nyu-Shepardning kapsulali raketasi Texasning Gʻarbiy qismidagi maydonchadan uchirilgan.
15:56 / 20.05.2024
Qozog‘istonda fuqarolikka qabul qilishni rad etish uchun yangi asoslar joriy etildi

Qozog‘istonda fuqarolikka qabul qilishni rad etish uchun yangi asoslar joriy etildi

Boshlang‘ich daraja fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
09:55 / 21.05.2024
Oltin orqali rentgen apparatining ishlash aniqligini yaxshilashi mumkin

Oltin orqali rentgen apparatining ishlash aniqligini yaxshilashi mumkin

Qolaversa, oltin qo‘llanilganida rentgen suratlarini olish jarayoni yana-da tezlashgan.
11:50 / 20.05.2024
Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yildi

Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
12:38 / 21.05.2024
O‘zbekiston 4 oyda qancha mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan?

O‘zbekiston 4 oyda qancha mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan?

Eksport 8,5 mlrdni tashkil etmoqda.
17:42 / 21.05.2024
Muzlatkichda saqlanmaydigan mahsulotlar

Muzlatkichda saqlanmaydigan mahsulotlar

Shundagina ularni uzoqroq muddat davomida iste’mol qilish mumkin.
11:30 / 20.05.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 ta davlat ochiqlandi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 ta davlat ochiqlandi

Bunda eng asosiy o'rinni 3.9 mlrd bilan Xitoy egallagan.
10:29 / 21.05.2024
Bugun, 21-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 21-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 21-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
22:50 / 20.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!