$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
18° Kechasi 12°

JSST: Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

14:44 / 25.03.2024

 

So‘nggi yillarda qator mintaqalar bo‘ylab avj olayotgan vabo epidemiyasi millionlab insonlar hayotini xavf ostida qoldirmoqda. Garchi bu og‘ir xastalikdan himoyalanish chorasi allaqachon topilgan bo‘lsa-da, biroq unga qarshi vaksinalar zaxirasi nihoyasiga yetdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus va Zambiya prezidenti Xakainde Xichilem muallifligida e’lon qilingan tahliliy maqola ayni shu o‘tkir muammoga bag‘ishlandi.

Qayd etilishicha, uch yildan buyon sayyoramizda mazkur epidemiya bilan bog‘liq vaziyat tobora yomonlashyapti. Masalan, 2021-yilda 223 ming kishi bu dardga chalingan bo‘lsa, 2022-yilda mavjud ko‘rsatkich ikki barobar oshib, 473 mingtaga yetgan.

2023-yilgi hisob-kitoblar esa yanada xavotirli. Jahon bo‘yicha o‘tgan yili 700 mingdan ko‘proq bemorga vabo tashxisi qo‘yilgan. Eng yomoni, hozir ham 23 mamlakatda kasallanish holatlari ro‘yxatga olinyapti va 1 milliarddan ziyod insonning salomatligi xavf ostida.

Biroq farmatsevtika kompaniyalari past rentabellik tufayli bu kasallikka qarshi vaksinalar ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ygan. Chunki aksariyat vabo o‘choqlari eng qashshoq mamlakatlarda aniqlanyapti. Tabiiyki, ular bunday himoya vositalarini katta miqdorda xarid qilishga qodir emas.

Shunga qaramay, joriy yilda 37-50 million doza vaksina ishlab chiqarilishi prognoz qilinmoqda. Lekin bu millionlab odamlar ehtiyojlarini qoplash uchun yetarli emas.

Shundan kelib chiqib, JSST ishlab chiqaruvchilar, homiylar va hukumatlarni bu borada hamkorlikka hamda vaboga qarshi kurashish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.


Foydali


														
														Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Qissadan hissa chiqaring.
15:32 / 05.05.2024

														
														Binance kriptobirjasi asoschisi XAMASga o‘tkazmalarni yashirishda ayblanmoqda

Binance kriptobirjasi asoschisi XAMASga o‘tkazmalarni yashirishda ayblanmoqda

Prokurorlar unga uch yillik qamoq jazosini so‘ragan edi.
09:53 / 03.05.2024

														
														“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

Filmning premyerasi 8-may kuni bo‘lib o‘tadi.
11:10 / 01.05.2024

														
														Keksalar uchun piyoda yurish foydali

Keksalar uchun piyoda yurish foydali

Bunga, asosan kamharakatlik sabab bo‘lyapti.
10:20 / 01.05.2024

														
														Yuz yoshdan oshish mumkin, agar...

Yuz yoshdan oshish mumkin, agar...

Tadqiqotchilar ushbu usul 120-yilgacha umr ko‘rishni ta’minlovchi muhim omilga aylanishi mumkin, deyishmoqda.
10:26 / 03.04.2024

														
														Terining tez qarishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Terining tez qarishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Buning uchun kunlik menyuda teriga foydali bo‘lgan oziq-ovqat va vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi kerak.
13:35 / 27.03.2024

														
														Magnit bo‘roni vaqtida nima qilish kerak?

Magnit bo‘roni vaqtida nima qilish kerak?

Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
15:40 / 25.03.2024

														
														JSST: Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

JSST: Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

Qayd etilishicha, uch yildan buyon sayyoramizda mazkur epidemiya bilan bog‘liq vaziyat tobora yomonlashyapti.
14:44 / 25.03.2024

														
														Uzoq umr ko‘rish shartlari

Uzoq umr ko‘rish shartlari

Ekspert fikricha, uzoq va sog‘lom hayotga yetaklovchi yana bir muhim omil to‘g‘ri ovqatlanish.
10:01 / 20.03.2024

														
														Limonning siqib olingan suvi sepkillarni ketkazadi

Limonning siqib olingan suvi sepkillarni ketkazadi

Terini yoshartiruvchi tavsiyalar
11:20 / 19.03.2024

Bu ham qiziq

Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Mazkur hujum natijasida 17 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda, Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.
12:17 / 19.05.2024
BMT: Isroil hujumlari tufayli 630 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi

BMT: Isroil hujumlari tufayli 630 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi

Hozirda Rafahdan ko‘p sonli odamlar kelishi tufayli mintaqadagi vaziyat og‘ir.
17:38 / 17.05.2024
Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024
Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024
Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar berdi.
11:38 / 19.05.2024
18-may uchun ob-havo ma’lumoti

18-may uchun ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.
17:35 / 17.05.2024
Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
17:09 / 17.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Qirg‘iziston poytaxtidagi bir qator tumanlarda chet elliklar, asosan osiyoliklar ommaviy yashaydigan joylarda mahalliy aholi…
11:08 / 18.05.2024
Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Dronlarning zarbalari mahalliy yoqilg‘i narxini oshirdi, ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishga minimal ta’sir ko‘rsatdi.
16:59 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!